Maxfiylik siyosati

IELTS Buddy qaysi ma’lumotlaringizni oladi, ulardan nima uchun foydalanadi, kimlar qayta ishlaydi va ularni qanday o‘chirish mumkin.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-noyabr

Biz kimmiz

IELTS Buddy · IELTS va CEFR (Multilevel) imtihonlariga tayyorlanish xizmati: Telegram bot @spk_tutor_bot, uning ichidagi ilova va mybuddy.uz sayti. Xizmat asoschisi Javohir Islomov, O‘zbekiston.

Savol yoki so‘rovlaringiz bo‘lsa, islomovjavohir939@gmail.com manziliga yoki botga yozing.

Qaysi ma’lumotlarni olamiz

  • Telegram orqali kirsangiz: Telegram ID raqamingiz, ismingiz, username, til sozlamangiz va profil rasmingiz havolasi. Telefon raqamingiz va yozishmalaringiz bizga ko‘rinmaydi.
  • Google orqali kirsangiz: Google akkauntingiz ID raqami, ismingiz va email manzilingiz. Parolingiz bizga hech qachon ko‘rinmaydi.
  • Mashg‘ulot ma’lumotlari: testlardagi javoblaringiz, insholaringiz, Speaking javoblaringizning matni, ballaringiz va o‘sishingiz. Ovozingiz matnga aylantiriladi, ovoz yozuvining o‘zi saqlanmaydi.
  • To‘lov ma’lumotlari: nima sotib olganingiz va qachon. Telegram Stars to‘lovini Telegram o‘zi o‘tkazadi. Karta orqali to‘laganda botga yuborgan chek rasmingiz tekshiriladi. Karta raqamingiz so‘ralmaydi.
  • Texnik ma’lumotlar: brauzeringizda kirish holati (sessiya) saqlanadi, til tanlovi va Google orqali kirish uchun qisqa muddatli cookie ishlatiladi. Server jurnallari (IP manzil, vaqt) xosting provayderida qisqa muddat saqlanadi. Reklama trekerlari ishlatilmaydi.

Ma’lumotlardan nima uchun foydalanamiz

  • Sizni tanish va akkauntingizni ochish.
  • Javoblaringizni baholash, xatolaringizni tushuntirish va o‘sishingizni ko‘rsatish.
  • Sertifikat berish. Sertifikatdagi ism va ballarni uning QR kodi yoki havolasi orqali istalgan kishi tekshira oladi.
  • Reyting: ismingiz va natijangiz reytingda boshqa o‘quvchilarga ko‘rinadi.
  • Bot orqali eslatma, dars va yangiliklar yuborish. Botni to‘xtatsangiz (block), xabarlar kelmaydi.
  • Xizmatni yaxshilash: qaysi bo‘limlar ko‘proq ishlatilishini umumiy holda ko‘ramiz.

Google ma’lumotlari

Google’dan olinadigan ma’lumotlar (ID, ism, email) faqat sizni tanish hamda natija va sertifikatda ismingizni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ular reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi, boshqalarga berilmaydi va AI modellarini o‘qitishga ishlatilmaydi.

Google API orqali olingan ma’lumotlardan foydalanishimiz Google API Services User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use talablariga amal qiladi.

Kimlar qayta ishlaydi

Ma’lumotlaringizni sotmaymiz. Xizmat ishlashi uchun ular quyidagilar orqali o‘tadi:

  • AI xizmatlari: javoblaringizni matnga aylantirish va baholash uchun, faqat shu ish uchun.
  • Xosting va ma’lumotlar bazasi: serverlar Yevropa Ittifoqida (Frankfurt), ma’lumotlar bazasi AQShda.
  • Telegram: bot xabarlari va Stars to‘lovlari uchun.
  • Google: Google orqali kirishda.

Qonun talab qilgan hollarda ma’lumotlar vakolatli organlarga berilishi mumkin.

Qancha saqlaymiz va qanday o‘chirish mumkin

Ma’lumotlar akkauntingiz bor ekan saqlanadi.

Akkauntingiz va ma’lumotlaringiz o‘chirilishini xohlasangiz, islomovjavohir939@gmail.com manziliga yoki botga yozing: 30 kun ichida o‘chiramiz. Qonun bo‘yicha saqlanishi shart bo‘lgan to‘lov yozuvlari bundan mustasno.

Xavfsizlik

Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS). Kirish Telegram va Google’ning imzolangan tasdig‘i bilan tekshiriladi, sessiyangiz esa serverimiz imzosi bilan himoyalangan.

O‘zgarishlar

Siyosat o‘zgarsa, shu sahifani yangilaymiz va sanasini o‘zgartiramiz. Muhim o‘zgarishlar haqida botda xabar beramiz.